Sikllar ulagichini ishlatib kir yuvish – Инструкция по эксплуатации Samsung WF1600WRW
Страница 159
kir yuvish _27
02
KIR
YUVISH
Sikllar ulagichini ishlatib kir yuvish
Samsung kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan “Fuzzy Control” kir yuvishni avtomatik
boshqarish tizimi tufayli kir yuvish juda oson bajariladi. Kir yuvish dasturini tanlashda mashina o’zi
kir yuvishning to’g’ri harorati, vaqti va tezligini o’rnatadi, ularni siz ham o’z xohishingizga ko’ra
o’zgartirishingiz mumkin.
1. Vodoprovod jo’mragini oching.
2. Вкл. (yoqish) tugmasini bosing.
3. Eshikchani oching.
4. Narsalarni kir yuvish mashinasining barabanida erkin joylashtirib va haddan tashqari
yuklanishiga yo’l qo’ymasdan, ularni navbatma-navbat joylashtiring.
5. Eshikchani yoping.
6. Tegishli bo’limlarga kir yuvish vositasi va kerak bu’lsa kir konditsioneri eki dastlabki kir yuvish
vositalarni yuklab qo’ying.
Dastlabki kir yuvish rejimi Хлопок (Paxta), Синтетика (Sintetika), Джинсы (Djins),
Постельное белье (Ko’rpa-to’shak anjomlari), Темные вещи (To’q rangdagi buyumlar),
Ежедневная (Kundalik yuvish) va Детские (Bolalar buyumlarini yuvish) dasturi tanlangan
hollatdagina mavjud. Yuviladigan buyumlar juda kirlangan hollardagina dastlabki kir
yuvishdan foydalanish talab qilinadi.
7. Mato turiga mos holda kerakli siklni tanlash uchun Sikllar pereklyuchatelidan foydalaning:
Хлопок (Paxta), Синтетика (Sintetika), Джинсы (Djins), Постельное белье (Ko’rpa-
to’shak anjomlari), Темные вещи (To’q rangdagi buyumlar), Ежедневная (Kundalik yuvish),
Интенсивная Eco (Intensiv Eco yuvish) , Верхняя одежда (Ustki kiyimlar), Детские (Bolalar
buyumlarini yuvish), Шерсть (Jundan qilingan buyumlar), Ручная стирка (Qo’lda yuvish).
Boshqaruv panelida tegishli indikatorlar yonadi.
8. Endi tegishli tugmalar yordamida kir yuvish harorati, chayish soni, siqish uchun aylanmalar
soni va kir yuvishni qoldirish vaqtlarni tanlash mumkin.
9. Старт/Пауза (start/Pauza) tugmasini bosing va kir yuvish boshlanadi. Kir yuvish indikatori
yonadi va displeyda siklning qolgan vaqti aks ettiriladi.
Pauza funksiyasi
Kir yuvish boshlanganidan so’ng 5 daqiqa davomida kirni qo’shish yoki olish mumkin.
1. Eshikni blokdan chiqarish uchun Старт/Пауза (start/Pauza) tugmasiga bosing.
Agar suv juda ISSIQ bo’lsa yoki suvning sathi juda YUQORI bo’lsa, eshikni ochish mumkin
emas.
2. Eshik yopilganidan so’ng kir yuvishni davom ettirish uchun Старт/Пауза (start/Pauza)
tugmasini bosing.
Kir yuvish sikli tugaganida.
Kir yuvishning butun sikli tugaganidan so’ng kir yuvish mashinasi avtomatik ravishda o’chadi.
1. Eshikchani oching.
2. Kirni oling.
WF1602WR-02795D-11_UZ.indd 27
2014-3-6 14:31:29