Vosita tortmasi va tortma tokchasini tozalash, To‘rli filtrni tozalash – Инструкция по эксплуатации Samsung WF90F5E5U4W
Страница 170
O’zbek - 34
Vosita tortmasi va tortma tokchasini tozalash
1. Vosita tortmasining ich qismidagi
(A) bo'shatish richagini
bosing va tortmani ajratib
oling.
2.
(A) bo'shatish richagi
va suyuq kir yuvish vositasi ushlagichini tortmadan ajratib oling.
A
3. Barcha qismlarni oqayotgan suvda yuving.
4. Vosita tortmasi tokchasini eski tish cho‘tkasi bilan tozalang.
5.
(A) bo'shatish richagi
va suyuq kir yuvish vositasi ushlagichini tortmaga bosgan holda
joyiga qo'ying.
6. Vosita tortmasini joyiga qaytarib qo‘ying.
7. Qoldiq kir yuvish vositalarini ketkazish uchun barabanga hech qanday kir solmagan
holda Полоскание+Отжим (Chayish+Siqish) siklini ishga tushiring.
To‘rli filtrni tozalash
To'rli filtrni yiliga kamida bir marta yoki "4E" xatolik kodi chiqqanida tozalash kerak.
1. Kir yuvish mashinasini elektr rozetkasidan uzing.
2. Kir yuvish mashinasiga suv quyish kranini yoping.
3.
(A) qismni
aylantirgan holda, suv quyish shlangining L shakldagi nasadkasini kir yuvish
mashinasining orqa devoridan uzing. Suv quyish shlangidagi havo bosimi tufayli
suvning oqib ketishini oldini olish uchun shlangni latta bilan yoping.
4. Ombir yordamida shlangning uchida joylashgan to‘rli filtrlarni ehtiyotlik bilan ajratib
oling va ular batamom toza bo‘lgunicha oqayotgan suvda yuving.
5. To‘rli filtrlarni qayta joylashtiring.
6. L shakldagi nasadkani kir yuvish mashinasining orqa devoriga qayta ulang.
7. Ulangan joylardan suv oqmasligiga ichonch hosil qiling va vodoprovod kranini yoqing.
A
F500E-03367T-00_UZ.indd 34
6/23/2016 2:12:31 PM