Texnika xavfsizligiga oid ma’lumot – Инструкция по эксплуатации Samsung RT35FDJCDSA

Страница 66

Advertising
background image

02_

TEXNIKA XAVFSIZLIGIGA OID

MA’LUMOT

Sovutgich bilan ishni boshlashdan oldin mazkur

qo’llanma bilan tanishib chiqing va kelgusida undan

ma’lumotnoma o’rnida foydalanish uni olib qo’ying.

Ushbu anjomdandan faqat mazkur qo’llanmada

ko’rsatilgan maqsadlar uchun foydalaning.

Mazkur anjomni jismoniy, sezish va aqliy

imkoniyatlari cheklangan insonlar (shu jumladan,

bolalar), shuningdek, tegishli foydalanish bilim va

ko’nikmasiga ega bo’lmagan insonlar ishlatishi

ko’zda tutilmaydi; faqatgina bu insonlarning

xavfsizligi uchun javobgar bo’lgan kishilar ularga

tegishli nazorat yoki ishlatish yo’riqlarini bersagina

ular ushbu anjomni ishlatishlari mumkin.

Ushbu qo’llanmada berilgan ogohlantirishlar va

xavfsizlik bo’yicha yo’riqlar sodir bo’lishi mumkin

bo’lgan barcha shartsharoitlar va vaziyatlarni qamrab

olmaydi. Ushbu anjominigzni o’rnatish, unga xizmat

ko’rsatish va uni ishlatishda o’z hattiharakatingiz

uchun sog’lom fikr, ehtiyotkorlik va e’tiborlilik bilan

javob berasiz.

Quyida keltirilgan ishlatish bo’yicha yo’riqlar turli

modellarni qamrab oladi, shu bois, siz xarid qilgan

sovutgichning xarakteristikasi ushbu qo’llanmada

bayon etilgan xarakteristikadan biroz farq qilishi

mumkin.

Sovutuvchi agent sifatida R-600a yoki R-134a ishlatiladi.

Sovutgichda qanday sovutish agenti ishlatilishini bilish

uchun jihoz orqa tomonida joylashgan kompressor

yorlig’iga yoki sovutgich ichida joylashgan pasport

tablochasiga qarang. Agar ushbu mahsulotda yonuvchi

gaz (R-600a sovutuvchi agenti) mavjud bo’lsa, ushbu

mahsulotni xavfsiz utilizatsiya qilish masalalari bo’yicha

mas’ul mahalliy vakolatli organga murojaat qiling.

Sovutish konturida yong’in keltirib chiqarishi mumkin

bo’lgan gaz-havo aralashmasi hosil bo’lishini oldini

olish uchun jihoz joylashtiriladigan binoning kattaligini

foydalaniladigan sovutuvchi agent miqdoriga qarab

belgilash mumkin.

Agar jihozda biror shikastlanish belgilari bo’lsa, aslo uni

ishga tushirmang.

Agar shubha tug’ilsa,dileringizga murojaat qiling.Jihoz

ichidagi har bir 8 g R-600a sovutuvchi agent uchun

sovutgich qo’yiladigan joy 1 м

3

hajmga ega bo’lishi

kerak.

Muhim xavfsizlik belgilari va ehtiyotkorlik

choralari:

DIQQAT

Jiddiy jarohat yoki o’limga olib kelishi

mumkin bo’lgan xavf yoki xavfli harakat.

OGOHLANTIRISH

Yengil jarohat yoki mol-mulkka zarar

yetishiga olib kelishi mumkin bo’lgan

xavf yoki xavfli harakat.

Urinib KO’RMANG.

Ochib TASHLAMANG.

TEGMANG.

Ko’rsatmalarga bekami-ko’st amal qiling.

Quvvat vilkasini devor rozetkasidan sug’uring
Elektr toki bilan shikastlanishga yo’l qo’ymaslik

uchun jihoz yerga tutashganligiga ishonch hosil

qiling

Ko’mak uchun murojaatlar markazi bilan

bog’laning
Eslatma.

Bu ogohlantiruvchi belgilar siz va boshqa

insonlarning jarohat olishiga yo’l qo’ymaslik

uchun berilgan.

Barcha ko’rsatmalarga diqqat bilan rioya qiling.

Ushbu hujat bilan tanishib chiqib bo’lganingizdan

keyin uni kelgusidan foydalanish uchun olib qo’ying.

ЕС talablariga muvofiqlik to’g’risida eslatma

Mazkur mahsulot past voltli qurilmalar direktivasi

(2006/95/EC), elektromagnit muvofiqlik direktivasi

(2004/108/EC), xavfli moddalar miqdorini cheklash

direktivasi (RoHS) (2011/65/ЕС), Yevrokomissiyaning

(ЕС) № 1060/2010 sonli reglamenti va Yevropa

Ittifoqining (EC) № 643/2009 sonli reglamenti bilan

kuchga kiritilgan ekologik loyihalash (2009/125/EC)

direktivasiga muvofiqdir. (Faqat Yevropa

hamjamiyatida sotiladigan mahsulotlar uchun)

Texnika xavfsizligiga oid ma’lumot

“Oziqovqat mahsulotlari uchun emas” belgisi Bojxona

ittifoqining 005/2011 sonli “O’ram xavfsizligi to’g’risida”gi

texnik reglamentiga muvofiq qo’llaniladi va mazkur

mahsulotning o’rami qayta foydalanish uchun

mo’ljallanmaganligini va u utilizatsiya qilinishi lozimligini

ko’rsatadi. Mazkur mahsulot o’ramidan oziqovqat

mahsulotlarini saqlash uchun foydalanish ta’qiqlanadi.

“Myobuis lentasi” belgisi o’ramni utilizatsiya qilish

mumkinligini ko’rsatadi. Belgiga raqamli va/yoki harfli belgi

ko’rinishida beriladigan o’ram materiali belgisi qo’shimcha

qilinishi mumkin.

Har bir jihozda sovutuvchi agent miqdori uning

ichidagi pasport tablochasida ko’rsatilgan

Sovutish agenti quvurdan oqib chiqib otilishi

natijasida alangalanish vujudga kelishi yoki

ko’znishikastlashi mumkin.

Quvurdan sovutuvchi agent oqib chiqqanda, ochiq

olovga yo’l qo’ymang, mahsulotdan barcha yonuvchi

narsalarni olib tashlang va binoni darhol shamollating.

Ushbu talablarni bajarmaslik yong’in yoki

portlashga oib kelishi mumkin.

-

Advertising
Эта инструкция подходит к следующим моделям: