Инструкция по эксплуатации Samsung CE107MTSTR

Страница 118

Advertising
background image

10

O'ZBEKCHA

PECHNING TO’G’RI ISHLASHINI TEKSHIRISH

Quyida bayon qilingan oddiygina protsedura istalgan vaqtda pechning to’g’ri

ishlayotganligini tekshirish imkonini beradi. Agar sizda shubhalar tug’ilsa,

ushbu sahifadagi "Nimadandir shubhalansangiz yoki muammo tug’ilsa,

nima qilish kerak" bo’limiga qarang.

Pech tegishli o’zgaruvchan tok tarmog’i rozetkasiga ulangan bo’lishi

kerak. Pechga aylanuvchi patnis o’rnatilgan bo’lishi kerak. Agar eng

yuqori darajadagidan (100 % - 900 Vt) farq qiluvchi quvvat darajasidan

foydalanilayotgan bo’lsa, suvni qaynash darajasiga yetkazguncha

ko’proq vaqt talab qilinishi mumkin.

Boshqaruv panelining quyi chap burchagidagi katta tugmachani bosgan

holda pech eshikchasini oching.

Aylanuvchi patnisga suv quyilgan stakanni joylashtiring. Eshikchani yoping.

СТАРТ/+30сек (START/+30son) ( ) tugmasini bosing

va СТАРТ/+30сек (START/+30son) ( ) tugmasini

kerakli marta bosgan holda vaqtni 4 yoki 5 daqiqaga

o’rnating.

Natija:

Pechdagi suv 4-5 daqiqa davomida

isiydi. Keyin suv qaynashi kerak.

MIKROTO’LQINLI PECHNING ISHLASH TAMOYILI

Mikroto’lqinlar yuqori chastotali elektromagnit to’lqinlardir; mikroto’lqinlardan

ajralib chiqadigan quvvatlar taomlarni tayyorlash yoki ularning shakli va

ranglarini o’zgartirmasdan isitishga imkon beradi.

Mikroto’lqinli pechdan quyidagilar uchun foydalanish mumkin:

muzdan tushirish;

isitish;

tayyorlash.

Taom tayyorlash tamoyili
1. Magnetron tomonidan hosil qilinadigan o’ta yuqori

chastotali to’lqinlar aylanuvchi stolchada taomni

aylantirish jarayonida bir tekis taqsimlanadi. Shuning

hisobiga taom bir tekis tayyorlanadi.

2. Mikroto’lqinlar mahsulot ichiga 2,5 sm (1 dyuym)

chuqurlikkacha kiradi. Keyin issiqlik bilan qayta

ishlash issiqlikning mahsulot ichida tarqalishi hisobiga

davom ettiriladi.

3. Tayyorlash vaqti foydalaniladigan idishlar va

mahsulotning quyidagi xususiyatlariga bog’liq

ravishda turlicha bo’lishi mumkin:
mahsulotlarning miqdori va zichligi;

ularning tarkibidagi suvning miqdori;

boshlang’ich harorat (mahsulotning muzlatilganligi

yoki yo’qligi).

Tayyorlanayotgan taomning markaziy qismi issiqlikning yoqilishi hisobiga

tayyorlanganligi uchun taom tayyorlash jarayoni hattoki taom pechdan

olingandan keyin ham davom ettiriladi. Shuning uchun quyidagilarni

ta’minlash uchun taom retseptlari va ushbu yo’riqnomada ko’rsatilgan

taomning "kutish vaqtiga" amal qilish lozim:

taomni markazigacha bir tekis tayyorlash;

taomning butun hajmi bo’yicha bir xil harorat.

CE107MSTR_CE107MTR-B_BWT_DE68-04087A-03_UZ.indd 10

2013-11-27 �� 9:25:53

Advertising
Эта инструкция подходит к следующим моделям: