Pech boshqaruv tugmachalari, Aksessuarlar, Pech boshqaruv – Инструкция по эксплуатации Samsung NV70H3340BS
Страница 102: Tugmachalari
O'zbek - 12
pech boshqaruv tugmachalari
Old ko'rinishi
Old paneli zanglamaydigan po'lat, oq, qora va shisha kabi turli materiallar va rang opsiyalarida
mavjud. Sifatni yaxshilash maqsadida ko'rinishi o'zgarishi mumkin.
aksessuarlar
Sizning yangi Samsung pechingiz turli taomlarni tayyorlashda juda foydali bo'lishi kerak
bo'lgan juda ko'p aksessuarlar bilan birga beriladi. Quyidagi aksessuarlar har xil modellarda
har xil bo'lib keladi.
OGOHLANTIRISH
• Aksessuarni pechkaning ichidagi javonga to'g'ri o'rnatilganligiga ishonch hosil qiling.
Patnislar bilan pech tubi o'rtasida kamida 2 sm masofa bo'lishi kerak, aks holda emal
yuza shikastlanishi mumkin.
• Pechkadan taom va/yoki aksessuarlarni olib tashlashga ishonch hosil qiling. Qaynoq
taomlar, aksessuarlar va yuzalar sizni kuydirib olishi mumkin.
Aksessuarlar qiziganda shakli o'zgarishi mumkin. Soviganda esa shakl o'zgarishi yo'q bo'lib
ishlash funksiyasiga ta'sir etmaydi.
Sim javoni
Simli panjara grilda tayyorlanadigan va qovuriladigan taomlar uchun
foydalanilishi kerak. Siz undan kastryullar va boshqa pishirish jomlari bilan
birga foydalanishingiz mumkin. Iltimos, katta miqdordagi mahsulotlarni
tayyorlaganda holatini saqlab qolish uchun pechning orqa tarafiga bukilgan
yon ramani joylashtiring.
Simli patnisni o'rnatish (Modelga qarab)
Simli panjara o'rnatilishi grilda tayyorlanadigan va qovuriladigan taomlar
uchun foydalanilishi kerak. Undan suyuqliklarning pech tubiga tomishlarini
oldini olish uchun tomchilash patnisi bilan birgalikda foydalanish mumkin.
Pishirish patnisi (Modelga qarab)
Pishirish patnisi (Chuqurligi : 20 mm) pechenyelar va boshqa pishiriqlarni
tayyorlash uchun foydalanish mumkin. Iltimos, og'gan tarafini oldga qaratib
joylashtiring.
Rejim tanlagichi
Multi funksiyali tanlagich
Tovushni yoqish/o'chirish
Tugatish vaqti
Harorat
Pishirish vaqti
Ekran
Oldindan isitish ko'rsatkichi
Pechka chirog'i
Oshxona taymeri
Bolalardan qulflash
Vaqt
Neo Lite_NV70H3340BS_WT_DG68-00591B-01_UZ.indd 12
2014-07-16 4:38:00