Инструкция по эксплуатации Samsung WF1802WFVS-YLP

Страница 134

Advertising
background image

2_ yangi samsung kir yuvish mashinasining funksiyalari

yangi samsung kir yuvish

mashinasining funksiyalari

Yangi kir yuvish mashinangiz sizning kir yuvish to’g’risidagi tasavvurlaringizni
o’zgartiradi. O’zining katta sig’imi va quvvatlardan tejamkor tarzda foydalanishi
bilan yangi Samsung kir yuvish mashinasi uydagi kir yuvishni iloji boricha oson va
quvonchli ishga aylantirishga imkon beruvchi barcha funksiyalarga ega.

• Quvvatlarni tejash

Pufakchalarni generatsiyalsh tizimi va invertorli Quiet Drive (Shovqinsiz ishlash) dvigatel
sababli, bu model, A sinfiga oid standart mashinalardan farqli o'laroq, elektr energiyasidan
yanada samarali foydalanishni ta'minlaydi.

• VRT PLUS (Tebranishni susaytirish texnologiyasi, alohida

modellarda qo'llaniladi)

Samsung markasiga oid bu kir yuvish mashinasi juda shovqinsiz ishlaydi, mavjud bo'lgan
eng sust tebranishni ta'minlaydigan 3D tebranish datchiklarni aqlli boshqarish texnologiyasini
qo'llash sababli shovqinni pasaytiradi va tebranishni minimumga tushiradi.

• Eco Bubble rejimida kir yuvish

Samsung markasidagi kir yuvish mashinalarining Eco Bubble ish rejimi yangi turdagi matolarni
ehtiyotkorlik bilan yuvgan holda yanada sifatliroq yuvish bilan ta’minlaydi. Eco Bubble rejimi kir
yuvish kukunini bir tekis taqsimlaydi va uni matolar ichiga tezroq va chuqurroq kiritadi.

• Ustki kiyimni yuvish dasturi

Sizning kir yuvish mashinangiz ust kiyimlaringizning ajoyib saqlanishini ta’minlanishini hisobga olgan

holda Samsung kir yuvish mashinasining Eco Bubble dasturidan foydalanish suv o’tkazmaydigan

kiyimlarni kamroq darajada eskirtirgan holda yuvishga imkon beradi. Eco Bubble dasturi tomonidan

hosil qilinadigan ko’pikli yoqtiqcha suv o’tkazmaydigan qatlamni zarbalar va ishqalanishlar tomonidan

yetkaziladigan shikastlanishlardan himoya qilgan holda ust kiyimning eng kam darajada eskirishini

ta’minlaydi hamda ehtiyotkorlik bilan muomala qilishni talab qiladigan boshqa matolarni himoya qiladi.

• Bolalar kiyimlarini yuvish jarayoni

Samsungning ushbu kir yuvish mashinasi bolalar va ta’sirchan teriga ega bo’lgan odamlarning kiyimlarini

qo’shimcha himoya bilan ta’minlovchi kir yuvish dasturini o’z ichiga oladi.

Ushbu dastur yuvilgan buyumlardagi kir yuvish kukunlari qoldiqlarini kamaytirish orqali bolalar terisining

qichishishlarini kamaytiradi. Bundan tashqari ushbu dasturda yuviladigan kirlar turlarga ajratiladi va

kir yuvish kirlarning o’ziga xos xususiyatlariga bog’liq ravishda amalga oshiriladi, shu bilan bolalar

kiyimlarining kiyilgan vaqtda bahr-dilni ochadigan darajada toza ko’rinishiga erishiladi.

• Wool Certified (Mashina jundan qilingan mahsulotlarni yuvish uchun

sertifikatga ega) belgisi

Mashina Woolmark Company kompaniyasi tomonidan jundan qilingan mahsulotlarni mashinada

yuvishga nisbatan o’rnatilgan talablarga muvofiqligi sinovdan o’tkazilgan va tekshirilgan. Bu belgi

orttirilgan sertifikatsiya, ya’ni nafaqat yuvishning bajarilishini, balki jundan qilingan matolarning himoya

qilinishini ham kafolatlovchi Woolmark kompaniyasining mavjud belgisiga nisbatan yaxshiroq belgi

hisoblanadi. Matoni kiyim birkasida ko’rsatilgan Woolmark va Samsung kompaniyalari tavsiyalariga

muvofiq tarzda yuvish kerak.

• Qo’lda kir yuvish

Tegishli harorat, kerakli miqdordagi suv va kirlarga yumshoq ta’sir hisobiga ehtiyotkorona kir yuvishga

erishiladi.

WF1802WF-03061B-08_UZ.indd 2

2014-1-29 11:30:19

Advertising