Инструкция по эксплуатации Samsung WF8500NMW

Страница 114

Advertising
background image

2_ Yangi samsung kir yuvish mashinasining funksiyalari

Yangi samsung kir yuvish

mashinasining funksiyalari

Yangi kir yuvish mashinangiz sizning kir yuvish to’g’risidagi tasavvurlaringizni
o’zgartiradi. O’zining katta sig’imi va quvvatlardan tejamkor tarzda foydalanishi
bilan yangi Samsung kir yuvish mashinasi uydagi kir yuvishni iloji boricha oson va
quvonchli ishga aylantirishga imkon beruvchi barcha funksiyalarga ega.

• Bolalar buyumlarini yuvish

Samsungning ushbu kir yuvish mashinasi bolalar va ta’sirchan teriga ega bo’lgan odamlarning
kiyimlarini qo’shimcha himoya bilan ta’minlovchi kir yuvish dasturini o’z ichiga oladi. Ushbu
dastur yuvilgan buyumlardagi kir yuvish kukunlari qoldiqlarini kamaytirish orqali bolalar
terisining qichishishlarini kamaytiradi. Bundan tashqari ushbu dasturda yuviladigan kirlar
turlarga ajratiladi va kir yuvish kirlarning o’ziga xos xususiyatlariga bog’liq ravishda amalga
oshiriladi, shu bilan bolalar kiyimlarining kiyilgan vaqtda bahr-dilni ochadigan darajada toza
ko’rinishiga erishiladi.

• “Bolalardan qulflash” funksiyasi

“Bolalardan qulflash” funksiyasi bolalarning mashina ishlashiga aralashishi ehtimolligini
oldini olishga imkon beradi. Ushbu xavfsizlik funksiyasi bolalarning kir yuvish mashinasini
ishlatishlariga yo’l qo’ymaydi va u faollashtirilgan hollarda signal beradi.

• “Kir yuvishni kechiktirish” funksiyasi

Kir yuvish siklini bir soatli qadamlar bilan 19 soatgacha kechiktirishga imkon beradi, bu esa
ayniqsa uydan biror yerda ketishga to’g’ri kelgan hollarda kir yuvish mashinasidan foydalanish
qulayligini yanada oshiradi.

• Tezkor yuvish

Vaqtingizni bekorga sarflashingizning keragi yo’q! 30 daqiqadan ko’p vaqtni olmaydigan kir
yuvish sikli vaqtingizni tejashga yordam beradi.
Bizning 29 daqiqalik tezkor kir yuvish dasturi – band bo’lganlar uchun ajoyib yechim. Sevimli
kiyimni endi atigi 29 daqiqada yuvish mumkin!

• Qo’lda kir yuvish dasturi

Tegishli harorat, kerakli miqdordagi suv va kirlarga yumshoq ta’sir hisobiga ehtiyotkorona kir
yuvishga erishiladi.

• Keramik isitish elementi uzoq vaqt foydalanishni ta’minlaydi va elektr

energiyasi harajatlarini kamaytiradi (ayrim modellarda)

Biz tomonimizdan yaratilgan keramik isitish elementi oddiy isitish elementlariga nisbatan ikki
barobar uzoqroq xizmat qiladi.
Natijada ta’mirlash harajatlari kamayadi. Bundan tashqari suvning qattiqlik koeffitsienti
kamayadi va elektr energiyasi tejab qolinadi.

WF8500NH-02583C-15_UZ.indd 2

2013-12-10 16:21:57

Advertising
Эта инструкция подходит к следующим моделям: