Инструкция по эксплуатации Samsung WF8500NMW

Страница 117

Advertising
background image

Ehtiyot choralari _5

Kir yuvish mashinasi tegishli tartibda yerga ulangan bo’lishi lozim. Uni hech qachon yerga
ulanmagan rozetkaga ulamang.

Yong’in chiqish yoki portlash xavfini oldini olish uchun quyidagi ehtiyot choralariga amal
qiling.
• Benzin, quruq kimyoviy tozalash uchun erituvchilar yoki boshqa yonuvchan yoki

portlovchan moddalar bilan yuvilgan, xo’llangan yoki qayta ishlangan kirlarni yuvmang.
Ular yonib ketishi yoki portlashi mumkin bo’lgan bug’lar ajratadilar. Kimyoviy tozalash
uchun erituvchi, boshqa yonuvshan suyuqliklar yoki quruq moddalar ta’siriga uchragan
kirni kir yuvish mashinasiga solishdan avval uni qo’lda chayib oling. Bunday suyuqliklar,
quruq moddalar va gazlarning barcha izlari ketganligiga ishonch hosil qiling. Xavfli
moddalarga quyidagilar kiradi: atseton, denaturlashgan spirt, benzin, kerosin, ayrim
suyuq maishiy tozalash vositalari va dog’larni ketkazuvchi vositalar, skipidar, mum va
mumni ketkazish vositalari.

• Kir yuvish mashinasiga benzin, quruq kimyoviy tozalash uchun erituvchilar yoki boshqa

yonuvchan yoki portlovchan moddalarni qo’shmang.

• Ma’lum sharoitlarda ikki hafta yoki undan ko’proq vaqtdan beri foydalanilmayotgan

issiq suv ta’minoti (masalan, isitish batareyasi) tizimi vodorod ishlab chiqarishi mumkin.
VODOROD PORTLASH XAVFINI KELTIRIB CHIQARADI. Agar issiq suv ta’minoti
tizimidan ikki hafta yoki undan ko’proq vaqtdan beri foydalanilmagan bo’lsa, kir yuvish
mashinasidan foydalanishdan avval barcha issiq suv jo’mraglari ochib qo’yilishi va bir
necha daqiqa vaqt davomida suvni oqizish kerak. Bu vodorod to’planishini bartaraf
qiladi. Vodorod yonuvcham modda bo’lganligi uchun bir necha daqiqa davomida
chekmang yoki gaz plitasini yoqmang.

Gaz chiqib ketgan hollarda darhol xonani shamollating va elektr manbaiga ulash kabeliga
tegmang.

Kir yuvish mashinasiga texnik xizmat ko’rsatishdan avval kabelni rozetkadan uzing.

Yuvilishdan avval kiyimlarning cho’ntaklaridan begona narsalarni olib tashlang. Tangalar,
to’g’nag’ichlar, mixlar, vintlar yoki toshlar singari qattiq, o’tkir buyumlar kir yuvish
mashinasining ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin. Katta to’qalari, tugmalari yoki
boshqa og’ir metall buyumlari mavjud bo’lgan kiyimlarni yuvmang. Suv to’laligicha chiqarib
yuborilmagan bo’lsa, kir yuvish mashinasi eshigini ochmang. Mashinaning eshikchani
ochishdan avval suvning to’kib yuborilganligiga ishonch hosil qiling.

Kir yuvish mashinasini o’zingizcha ta’mirlamang, qismlarini almashtirmang va texnik xizmat
ko’rsatish ishlarini bajarmang. Sertifikatga ega bo’lmagan mutaxassislar tomonidan bunday
ishlarning bajarilishi kafolatning bekor qilinishiga olib kelishi mumkin.

Kir yuvish mashinasini yangi shlanglar majmuasidan foydalangan holda vodoprovodga
ulang. Eski shlanglar majmuasidan foydalanmang.

Suv chiqarish shlanglari vatq o’tishi bilan eskiradi. Shlanglarda bo’rtiqlar, tugunlar, kesilgan
joylar, eskirish izlari va suv oqishlarining mavjudligini muntazam tekshirib turing, zarur
bo’lgan hollarda va kamida besh yilda bir marta ularni almashtiring.

Kir yuvish mashinasidan foydalanishdan avval barcha qadoqalsh materiallari va tashish
boltlari olib qo’yilishi kerak. Agar ular olib qo’yilmasa, bu jiddiy shikastlanishlarga olib kelishi
mumkin. 12-betdagi “Tashish boltlarini bo’shatib olish” bo’limiga qarang.

Birinchi kir yuvishdan avval kir solmasdan turib kir yuvishning to’liq siklini ishga tushirish
kerak. “Birinchi kir yuvish” bo’limiga qarang.

ВНИМАНИЕ

WF8500NH-02583C-15_UZ.indd 5

2013-12-10 16:21:58

Advertising
Эта инструкция подходит к следующим моделям: