Texnika xavfsizligi bo'yicha muhim choralar, Texnika xavfsizligi bo'yicha muhim choralar 5 – Инструкция по эксплуатации Samsung WF80F5E2W4W-LP

Страница 31

Advertising
background image

O’zbek - 5

01

X

AVFSIZLIK BO'

YICHA M

A'L

UMO

TL

AR

Texnika xavfsizligi bo'yicha muhim choralar

OGOHLANTIRISH: Yong'in chiqishi, elektr toki urishi yoki jarohat olish xavfini kamaytirish uchun kir yuvish
mashinasidan foydalanganda quyidagi asosiy ehtiyot choralariga amal qiling:

Bolalarga (yoki uy hayvonlariga) kir yuvish mashinangizni yoki uning ichida o'ynashiga
yo'l qo'ymang. Kir yuvish mashinasi eshigini ichkaridan ochish juda qiyin va agar bolalar
mashina ichida tiqilib qolsalar, jiddiy jarohatlanishlari mumkin.

Agar bolalar nazorat ostida bo'lmasalar yoki ularga xavfsizlik uchun javobgar shaxs
tomonidan ushbu qurilmadan foydalanish to'g'risida avvaldan ko'rsatmalar berilmagan
bo'lsa, bu qurilmadan jismoniy yoki aqliy qobiliyatlari cheklangan yoki bilimi va tajribasi
yetarli bo'lmagan shaxslar (jumladan bolalar) foydalanishlari mumkin emas.

Ularning mashina bilan o'ynamasliklariga ishonch hosil qilish uchun bolalarni kuzatib
turing.

Yevropada foydalanish uchun: Agar ular nazorat ostida bo'lsalar yoki ularga ushbu
mashinadan xavfsiz tarzda foydalanish to'g'risida ko'rsatmalar berilsa va ular bo'lishi
mumkin bo'lgan xatarlarni anglab yetsalar, bu kir yuvish mashinasidan 8 yoshdan katta
bolalar va jismoniy yoki aqliy qobiliyatlari cheklangan yoki bilimi va tajribasi yetarli
bo'lmagan shaxslar ham foydalanishlari mumkin. Bolalar ushbu kir yuvish mashinasi
bilan o'ynamasliklari kerak. Tozalash va texnik xizmat ko'rsatish nazoratsiz tarzda bolalar
tomonidan amalga oshirilmasligi kerak.

Agar elektr manbaiga ulash kabeli shikastlangan bo'lsa, xatarlarning oldini olish uchun
u ishlab chiqaruvchi, uning xizmat ko'rsatish agenti yoki malakali shaxslar tomonidan
almashtirilishi kerak.

Ushbu kir yuvish mashinasi elektr tarmog'iga ulash shnuri, vodoprovod krani va suv
chiqarish trubasidan foydalanish mumkin bo'lgan tarzda o'rnatilishi kerak.

Asosida havo almashtirilishi uchun tirqishlari bo'lgan qurilmalarda gilam ushbu tirqishlarni
to'sib qo'ymasligi kerak.

Qurilma bilan birga berilgan yangi shlanglar to'plamidan foydalanilishi va eski shlanglar
to'plamidan qayta foydalanilmasligi lozim.

DIQQAT: Issiqlik o'chirgichining tasodifiy qayta o'rnatilishi tufayli yetadigan zararlarning
oldini olish uchun qurilma taymer singari tashqi o'chirib-yoqish qurimasi orqali elektr toki
bilan ta'minlanmasligi yoki xizmat ko'rsatuvchilar tomonidan muntazam ravishda o'chirib-

Untitled-4 5

2014-05-26 3:24:00

Advertising
Эта инструкция подходит к следующим моделям: