Инструкция по эксплуатации Samsung WF80F5E2W4W-LP

Страница 36

Advertising
background image

O’zbek - 10

Quruq kimyoviy tozalash vositalaridan to'g'ridan-to'g'ri foydalanmang va biror bir quruq kimyoviy tozalash vositalari bilan zararlangan
kiyimlarni yuvmang, chaymang yoki siqmang.

Bu moyning oksidlanishidan hosil bo'luvchi yuqori harorat tufayli o'z-o'zidan yonib ketishga yoki birdan yonib ketishga olib kelishi
mumkin.

Suvni sovutish/isitish qurilmalaridan olingan suvdan foydalanmang.

Bu kir yuvish mashinasi bilan bog'liq muammolarga olib kelishi mumkin.

Kir yuvish mashinasi uchun tabiiy qo'l yuvish sovunidan foydalanmang.

Agar u kir yuvish mashinasining ichida qotib qolsa yoki to'plansa, bu kir yuvish mashinasining nosozligi, ranglarning o'chishi, zanglar
yoki noxush hidlarning paydo bo'lishiga olib kelishi mumkin.

Paypoq va ko'krakpechlarni yuvish to'riga joylashtiring va ularni boshqa yuviladigan kirlar bilan birgalikda yuving.
Choyshab singari yirik buyumlarni kir yuvish to'riga joylashtirgan holda yuvmang.

Bu talabga amal qilmaslik kuchli tebranishlar tufayli shikastlanishga olib kelishi mumkin.

Qotib qolgan kir yuvish vositalaridan foydalanmang.

Agar ular kir yuvish mashinasi ichida to'planib qolsa, bu suvning oqib chiqishiga sabab bo'lishi mumkin.

Yuvilishi kerak bo'lgan barcha kiyimlar cho'ntaklarining bo'sh ekanligiga ishonch hosil qiling.

Tangalar, to'g'nag'ichlar, mixlar, vintlar yoki toshlar singari qattiq, o'tkir buyumlar kir yuvish mashinasining ishdan chiqishiga olib kelishi
mumkin.

Katta to'qalari, tugmalari yoki boshqa og'ir metall buyumlari mavjud bo'lgan kiyimlarni yuvmang.
Ularning ranglarining o'chmaslik darajasi asosida kirlarni ranglar bo'yicha turlarga ajrating va tavsiya qilingan rejim, suv harorati va
qo'shimcha funksiyalarni tanlang.

Bu ranglarning o'chishiga yoki matoning shikastlanishiga olib kelishi mumkin.

Eshikni yopayotganingizda bolalar barmoqlarining eshikka qisilib qolmasligiga ehtiyot bo'ling.

Ushbu talabga amal qilmaslik shikastlanishga olib kelishi mumkin.

OGOHLANTIRISH: Tozalashga oid muhim OGOHLANTIRISHLAR

Kir yuvish mashinasini unga suv sepish yo'li bilan tozalamang.
Kuchli kislotaviy tozalash vositalaridan foydalanmang.
Kir yuvish mashinasini tozalash uchun benzin, erituvchilar yoki spirtdan foydalanmang.

Bu ranglarning o'chishi, deformatsiyalanish, elektr toki urishi yoki yong'inga olib kelishi mumkin.

Kir yuvish mashinasini tozalash yoki unga texnik xizmat ko'rsatishdan avval uni devordagi rozetkadan uzing.

Ushbu talabga amal qilmaslik elektr toki urishi yoki yong'inga olib kelishi mumkin.

Untitled-4 10

2014-05-26 3:24:01

Advertising
Эта инструкция подходит к следующим моделям: