Xavfsizlik texnikasi bo’yicha ko’rsatmalar, Ogohlantiruv – Инструкция по эксплуатации LG 32LB561U

Страница 129

Advertising
background image

3

ENG

O

’Z

B

EK

C

H

A

XAVFSIZLIK TEXNIKASI BO’YICHA KO’RSATMALAR

XAVFSIZLIK TEXNIKASI BO’YICHA KO’RSATMALAR

Iltimos, mahsulotdan foydalanishdan avval ushbu xavfsizlik ehtiyot choralarini

diqqat bilan o’qib chiqing.

OGOHLANTIRUV

y

Televizor va/yoki masofadan boshqarish pultini quyidagi muhitlarda qoldirmang :

- To’g’ridan-to’g’ri quyosh nurlari tushadigan joyda

- Namlik yuqori bo’lgan joylar, masalan, hammomda

- Issiqlik manbalari, masalan, pechlar va boshqa issiqlik hosil qiluvchi qurilmalar yaqinida

- Oshxona pechtaxtalari yoki namlantirgichlar yaqinida; bu yerda ular osongina bug’ yoki

moy ta’sirida qolishlari mumkin.

- Yomg’ir yoki shamol mavjud joylarda

- Vaza singari suv idishlari yaqinida

Aks holda, bu yong’in, elektr toki urishi, texnik nosozlik yoki mahsulot deformatsiyasiga olib

kelishi mumkin.

y

Mahsulotni changlar ta’siriga uchrashi mumkin bo’lgan joylarga qo’ymang.

Aks holda bu yong’in xavfini keltirib chiqarishi mumkin.

y

Elektr tarmog’iga ulash shnuri vilkasi bu televizorni o’zgaruvchan tok tarmog’iga ulovchi/

tarmog’idan uzuvchi qurilmadir. Televizor foydalanishda bo’lgan vaqtda ushbu vilka

mustahkam ulangan va ishlaydigan holatda bo’lishi kerak.

y

Elektr manbaiga ulash vilkasiga nam qo’llaringiz bilan tegmang. Bundan tashqari,

agar kabel kontaktlari ho’l yoki chang bilan qoplangan bo’lsa, vilkani to’liq quriting yoki

undagi changni artib tashlang.

Ortiqcha namlik tufayli sizni elektr toki urishi mumkin.

y

Elektr tarmog’iga ulash kabelining yerga mahkamlangan mos rozetkaga ulanganligiga

ishonch hosil qiling. (Yerga mahkamlash talab qilinmaydigan qurilmalardan tashqari).

Aks holda sizni elektr toki urishi yoki shikastlanishingiz mumkin.

y

Elektr tarmog’iga ulash kabeli vilkasini devordagi rozetkaga to’liq kiriting; aks holda

rozetkaga mustahkam biriktirilmagan hollarda olov uchqunlari chiqishi mumkin.

y

Quvvat manbaiga ulash shnurining isitgich kabi issiq buyumlarga tegib turmaganligiga

ishonch hosil qiling.

Aks holda bu yong’in yoki elektr toki urishi xavfini keltirib chiqarishi mumkin.

y

Elektr manbaiga ulash kabellarining ustiga og’ir jismlarni yoki mahsulotning o’zini

qo’ymang.

Aks holda bu yong’in yoki elektr toki urishiga olib kelishi mumkin.

y

Yomg’irning sizib kirishining oldini olish uchun antenna kabelini bino ichi va tashqarisida

buking.

Bu mahsulot ichiga suvning oqib kirishiga sabab bo’lishi va elektr toki urishiga olib

kelishi mumkin.

Advertising
Эта инструкция подходит к следующим моделям: