Инструкция по эксплуатации LG 32LB561U
Страница 135
9
ENG
O
’Z
B
EK
C
H
A
XAVFSIZLIK TEXNIKASI BO’YICHA KO’RSATMALAR
3D tasvirlarni ko’rish
(Faqat 3D rusumlar uchun)
OGOHLANTIRUV
Ko’rish muhiti
y
Ko’rish vaqti
- 3D mazmunni ko’rganda har soatda 5-15 daqiqa tanaffus qiling. 3D mazmunni uzoq vaqt davomida ko’rish
bosh og’rishi, bosh aylanishi, ortiqcha charchoq yoki ko’zlarning toliqishiga olib kelishi mumkin.
Yorug’likka sezgirlik yoki surunkali xastalik bilan og’riganlar
y
Ayrim foydalanuvchilar miltillovchi yorug’lik yoki 3D mazmundagi o’zgacha ta’sirga uchraganlarida xastalik xuruji
yoki boshqa nojo’ya ta’sirga uchrashlari mumkin.
y
Ko’nglingiz ayniyotgan bo’lsa, homilador bo’lsangiz va/yoki epilepsiya, yurak urishining buzilishi, qon bosimi
xastaliklari kabi surunkali xastaliklar bilan kasallangan bo’lsangiz, 3D videolarni ko’rmang.
y
Stereo ko’rlik yoki stereo anomaliyadan aziyat chekuvchilarga 3D mazmun tavsiya qilinmaydi. Tasvirlarning
ikkilanishi yoki noqulayliklarni his qilishlari mumkin.
y
Agar sizda g’ilaylik, ambliopiya (ko’rish qobiliyatining kuchsizligi) yoki astigmatizm mavjud bo’lsa, sizda
ranglarning darajasini sezish bo’yicha muammolar bo’lishi va tasvirlarning ikkita ko’rinishi tufayli tez
charchashingiz mumkin. O’rta yoshdagi odamga nisbatan tez-tez tanaffus qilish tavsiya qilinadi.
y
Agar sizning o’ng va chap ko’zlaringizning ko’rish qobiliyatlari har xil bo’lsa, 3D mazmunni ko’rishdan avval
ko’rish qobiliyatingizni tekshirtiring.
3D mazmunni ko’rishni to’xtatishni yoki umuman ko’rmaslikni talab qiluvchi alomatlar
y
Uyqusizlik, ko’p ishlash yoki spirtli ichimlik iste’mol qilish tufayli charchoqni his qilgan vaqtlaringizda 3D
mazmunni ko’rmang.
y
Bunday belgilar paydo bo’lgan vaqtlarda 3D mazmunni ko’rishni to’xtating va ushbu belgilar yetarlicha
kamayguncha dam oling.
- Bunday belgilar to’xtovsiz ravishda paydo bo’lgan hollarda shifokor bilan maslahatlashing. Bunday belgilarga
bosh og’rig’i, ko’z soqqasining og’rishi, bosh aylanishi, ko’ngil aynishi, yurakning tez urishi, tasvirning
chaplanishi, noqulaylikni his qilish, tasvirlarning ikkita ko’rinishi, ko’rishning noqulayligi yoki charchoq kabilar
kiradi.