Инструкция по эксплуатации Samsung WW90J6410CW

Страница 179

Advertising
background image

O'zbek 11

Xavfsizlik bo'yicha ma'lumotlar

Kir yuvish mashinasining ustiga chiqmang yoki kir yuvish mashinasi ustiga buyumlarni (yuviladigan kirlar, yoqilgan shamlar,
yoqilgan sigaretalar, kimyoviy moddalar, metall buyumlar kabilar) qo'ymang.
• Bu tok urishi, yong'in chiqishi, mahsulot bilan bog'liq muammolar yoki jarohatlanishga olib kelishi mumkin.

Qurilma sirtiga insektitsid kabi tez bug'lanuvchi materiallarni sepmang.
• Odam uchun xavfli bo'lish bilan bir paytda, bu elektr toki urishi, yong'in chiqishi yoki mahsulotning ishlashi bilan bog'liq

muammolarga olib kelishi mumkin.

Kir yuvish mashinasi yaqiniga elektromagnit maydonlar hosil qiluvchi buyumlarni joylashtirmang.
• Bu noto'g'ri ishlash tufayli shikastlanishga olib kelishi mumkin.

Yuqori haroratli yuvish yoki quritish rejimlarida chiqariladigan suvning harorati yuqori bo'ladi. Bunday suvga tegmang.
• Bu kuyish yoki jarohat olishga sabab bo'lishi mumkin.

Agar kir yuvish mashinangizda ushbu buyumlarni yuvish uchun maxsus rejim mavjud bo'lmasa, o'tirg'ichlar uchun suv
o'tkazmaydigan to'shamalar, bo'yralar yoki kiyimlarni (*) yuvmang, siqmang yoki quritmang.

(*): Jundan qilingan choyshablar, yomg'irga qarshi nakidkalar, baliqchilarning jiletlari, chang'ichilarning shimlari, uxlash uchun
yostiqchalar, yo'rgak qoplamalari, bolalar tagliklari hamda velosipedlar, mototsikllar va mashinalarni yopish uchun tentlar va
hokazo.
• Hattoki yorlig'ida kir yuvish mashinasi belgisi ko'rsatilgan bo'lsa ham, qalin yoki qattiq to'shamalarni yuvmang. Bu ortiqcha

tebranishlar tufayli shikastlanishga yoki kir yuvish mashinasi, devorlar, pol yoki kiyimlarga zarar yetkazishga olib kelishi
mumkin.

• Ushbu kir yuvish mashinasida gilamchalar yoki rezina tagligi bo'lgan gilamchalarni yuvmang. Rezina taglik ajralib ketishi va

baraban ichiga yopishib qolishi, bu esa suv chiqarish xatoligi kabi noto'g'ri ishlashlarga olib kelishi mumkin.

Kir yuvish vositasi qutisi o'z joyiga qo'yilmagan holda, kir yuvish mashinasini ishga tushirmang.
• Bu suvning oqib ketishi tufayli elektr toki urishi yoki jarohatlanishga olib kelishi mumkin.

Quritish vaqtida yoki quritish nihoyasiga yetishi bilan bakning ichiga tegmang, chunki u issiq bo'ladi.
• Bu kuyishga sabab bo'lishi mumkin.

Qo'lingizni kir yuvish vositasi qutisi ichiga tiqmang.
• Bu jarohatlanishga olib kelishi mumkin, chunki qo'lingiz kir yuvish vositasini solish tizimi tomonidan ushlab qolinishi

mumkin.

• Suyuq kir yuvish vositasi ushlagichi (faqat mavjud modellarda) kukunli vosita uchun ishlatilmaydi. Kukunli vosita

ishlatayotganda, ushlagichni olib tashlang.

Kir yuvish mashinasi ichiga yuvilishi kerak bo'lgan narsalardan boshqa hech qanday narsalarni (oyoq kiyimlari, ovqat qoldiqlari,
hayvonlar kabi) solmang.
• Kuchli tebranishlar tufayli bu kir yuvish mashinasining ishdan chiqishiga yoki uy hayvonlarining jarohatlanishi va o'limiga

olib kelishi mumkin.

Sochto'g'nag'ich, pichoq, tirnoq kabi o'tkir narsalar bilan tugmalarni bosmang.
• Bu elektr toki urishi yoki jarohatlanishga olib kelishi mumkin.

WW6000J-03580U-00_UZ.indd 11

6/22/2016 7:42:15 PM

Advertising