Инструкция по эксплуатации Samsung WW90J6410CW

Страница 185

Advertising
background image

O'zbek 17

O‘rnatish

Pol qoplamasi

Kir yuvish mashinasi eng yaxshi darajada ishlashi uchun u
tekis va qattiq sirtga o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. Tebranishlarni
va/yoki muvozanatlashmagan yuklanishlarni kamaytirish
uchun yog‘och pollarni mustahkamlash talab qilinishi
mumkin. Gilam qoplamalar va kafelli pollar tebranishga
yaxshi qarshilik ko‘rsatmaydi va siqish rejimida kir yuvish
mashinasining ozgina siljishiga olib kelishi mumkin.

DIQQAT

Kir yuvish mashinasini hech qachon platformaga yoki
noturg‘un sirtlarga O‘RNATMANG.

Suv harorati

Kir yuvish mashinasini suv muzlashi mumkin bo‘lgan
joylarga o‘rnatmang, chunki suv mashinasining klapanlari,
nasoslari va/yoki shlanglarida doimo ma’lum miqdorda suv
qoladi. Ulanish qismlarida qolgan muzlagan suv kamarlar,
nasos va kir yuvish mashinasining boshqa qismlariga shikast
yetkazishi mumkin.

Tokcha yoki shkafga o‘rnatish

Barqaror ishlashi uchun minimal masofalar:

Yon tomonlarda

25 mm

Tepasi

25 mm

Orqadan

50 mm

Old taraf

550 mm

Agar kir yuvish mashinasi va quritgich bir joyga o‘rnatilsa,
tokcha yoki bo‘lmaning old tomonida kamida 550 mm
bo‘lgan, to‘siqsiz havo kirish tirqishiga ega bo‘lishi kerak. Kir
yuvish mashinasining o‘zi uchun hech qanday maxsus havo
kirish tirqishi talab qilinmaydi.

WW6000J-03580U-00_UZ.indd 17

6/22/2016 7:42:18 PM

Advertising