O‘rnatish – Инструкция по эксплуатации Samsung WW90J6410CW
Страница 184
O‘rnatish
O'zbek
16
O‘rnatish
O‘rnatish bo‘yicha talablar
Elektr ta’minoti va yerga ulash
• 220-240 V / 50 Gs o‘zgaruvchan tok saqlagichi yoki zanjir
uzgichi kerak.
• Faqat kir yuvish mashinasi uchun mo‘ljallangan alohida
zanjir tarmog‘idan foydalaning.
Yerga to‘g‘ri ulanishini kafolatlash uchun kir yuvish
mashinasi yerga ulangan rozetkadan foydalanish uchun
mo‘ljallangan, yerga ulash kabeliga ega bo‘lgan uch shtirli
elektr manbaiga ulash kabeli bilan birga beriladi.
Agar yerga ulanganligi to‘g‘risida ishonchingiz komil
bo‘lmasa, malakali elektrik yoki xizmat ko‘rsatuvchi
mutaxassisga murojaat qiling.
Berilgan vilkani o‘zgartirmang. Agar u rozetkaga mos
kelmasa, to‘g‘ri keluvchi rozetka o‘rnatish uchun malakali
elektrikka murojaat qiling.
OGOHLANTIRISH
• Uzaytirgichdan FOYDALANMANG.
• Faqat kir yuvish mashinasi bilan berilgan elektr
manbaiga ulash shnuridan foydalaning.
• Yerga ulash simini hech qachon plastik vodoprovod
liniyalari, gaz ta’minoti liniyalari yoki issiq suv quvuriga
ULAMANG.
• Noto‘g‘ri ulangan yerga ulash o‘tkazgichlari elektr toki
urishiga olib kelishi mumkin.
Suv quyish
Ushbu kir yuvish mashinasi uchun mos suv bosimi 50
kPadan 800 kPagachadir. 50 kPadan kamroq bo‘lgan suv
bosimi suv klapanining to‘liq yopilmasligiga sabab bo‘lishi
mumkin. Yoki barabanni to‘ldirishga uzoqroq vaqt ketib,
mashina o‘chib qolishi mumkin. Mashina bilan birga
berilgan suv quyish shlanglari kir yuvish mashinasiga yetishi
uchun suv kranlari kir yuvish mashinasining orqa panelidan
120 smdan kamroq masofada bo‘lishi kerak.
Suv sizib chiqishi xavfini kamaytirish uchun:
• Suv kranlaridan osongina foydalanish mumkinligiga
ishonch hosil qiling.
• Kir yuvish mashinasidan foydalanilmayotgan vaqtda,
kranlarni yopib qo‘ying.
• Suv quyish shlanglari to‘plamidan suv oqmayotganligini
muntazam ravishda tekshirib turing.
DIQQAT
Kir yuvish mashinasidan ilk marta foydalanishdan avval
shlanglarning suv klapani va vodoprovod kranlariga
ulanadigan barcha joylardan suv oqib ketmayotganligini
tekshiring.
Oqava
Samsung 60-90 sm balandlikdagi bosimli quvurni tavsiya
qiladi. Oqava shlangi xomut orqali bosimli quvurga ulangan
bo‘lishi va bosimli quvur oqava shlangini to‘liq qoplashi
kerak.
WW6000J-03580U-00_UZ.indd 16
6/22/2016 7:42:18 PM