Kir yuvish mashinasidan foydalanish, Mos kir yuvish vositasidan foydalanish, Vosita tormasidan foydalanish – Инструкция по эксплуатации Samsung WF90F5E5U4W

Страница 155

Advertising
background image

O’zbek - 19

03

FO

YD

AL

ANISH

Kir yuvish mashinasidan foydalanish

Yangi Samsung kir yuvish mashinasi bilan kir yuvishda eng qiyin narsa qaysi kirni birinchi o‘rinda yuvish kerakligi to‘g‘risida qaror qabul qilish
bo‘ladi.

Kir yuvish vositasi va qo‘shimchalar to‘g‘risida ma’lumotlar

Mos kir yuvish vositasidan foydalanish

Siz foydalanishingiz kerak bo‘lgan kir yuvish vositasining turi mato turi (paxta, sintetika, nozik matolar, jun), rang, yuvish harorati va kirlanish
darajasiga ko‘ra aniqlanadi. Doim avtomat kir yuvish mashinalari uchun mo‘ljallangan "kam ko‘piklovchi" kir yuvish vositasidan foydalaning.
Yuviladigan kirlarning og‘irligi, kirlanganlik darajasi hamda hududingizdagi suvning qattiqlik darajasiga asoslangan holda, kir yuvish vositasi
ishlab chiqaruvchisining tavsiyalariga amal qiling. Agar siz hududingizdagi suvning qattiqlik darajasini bilmasangiz, mahalliy suv ta’minoti
idorasidan so‘rang.

Qattiqlashgan yoki qotib qolgan kir yuvish vositasidan foydalanmang, chunki kir yuvish vositasi chayish rejimida qolib ketishi
mumkin. U kir yuvish mashinasini tegishlicha chaymasligiga yoki to‘silib qolish natijasida suvning toshib ketishiga olib kelishi
mumkin.

Vosita tormasidan foydalanish

Ushbu kir yuvish mashinasi kir yuvish vositalari va mato yumshatgichi uchun alohida bo‘lmalar bilan jihozlangan.
Kir yuvish mashinasini ishga tushirishdan avval tegishli bo‘lmalarga kir yuvish uchun zarur bo‘lgan barcha vositalarni soling.

DIQQAT: Kir yuvish mashinasi ishlayotgan vaqtda kir yuvish vositasi tortmasini ochmang. Sizga issiq suv yoki bug‘ tegishi mumkin.
Отсрочка (Kir yuvishni kechiktirish) tanlanganida kir yuvish vositasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri barabanga solmang. Aks holda kirning
rangi o‘chishi mumkin. Отсрочка (Kir yuvishni kechiktirish) tanlanganida yuvish vositasi tortmasini ishlating.
Katta buyumlarni yuvganda, kir yuvish vositalarining quyidagi turlaridan foydalanmang.

Tabletka va kapsulalar ko‘rinishidagi kir yuvish vositalari

Shar va to‘rdan foydalanuvchi kir yuvish vositalari

Dastlabki yuvish vositasi bo‘lmasi

: Dastlabki yuvish vositasi yoki kraxmal.

Asosiy yuvish vositasi bo‘lmasi

: Asosiy yuvish uchun kir yuvish vositasi, suvni

yumshatgich, ivitish vositasi, oqartirgich va dog‘larni ketkazish vositasi.

Yumshatgich bo‘lmasi

: Mato yumshatgichi (

MAX

chizig'ining past chetidan

kam darajada to'ldirilsin.

1. Kir yuvish mashinasining yuqori chap qismidagi vosita tortmasini oching.
2. Kir yuvish mashinasini ishga tushirishdan avval

asosiy yuvish vositasi bo‘lmasiga

tavsiya qilingan miqdorda vosita soling.

Suyuq kir yuvish vositasidan foydalanish uchun suyuq kir yuvish vositasi
ushlagichidan foydalaning (21-betdagi "Suyuq kir yuvish vositasidan
foydalanish (tanlangan modellar uchun)
" bo
'limga qarang).
Suyuq kir yuvish vositasi ushlagichiga kukunli kir yuvish vositasini solmang.

F500E-03367T-00_UZ.indd 19

6/23/2016 2:12:25 PM

Advertising
Эта инструкция подходит к следующим моделям: