Инструкция по эксплуатации Samsung WF90F5E5U4W

Страница 160

Advertising
background image

O’zbek - 24

Dastlabki yuvish: Asosiy yuvishdan avval kirlaringizni dastlabki yuvish uchun ushbu funksiyadan foydalaning. Dastlabki
yuvish funksiyasidan faqat Хлопок (Paxta), Синтетика (Sintetika), Джинсы (Jinsi), Удаление пятен (Dog‘ni ketkazish), Темные
вещи (Qora kiyim), Ежедневная (Kundalik yuvish), Интенсивная стирка Eco (Super eko yuvish), Детские вещи (Go‘dak
kiyimlari) va Постельное белье (Yotarjoy buyumlari) sikllarida foydalanish mumkin.

7. Легкое глаженье (Oson dazmollash) tugmasi

Отжим (Siqish) siklida burishgan joylarni kamaytirish orqali osongina dazmollanadigan bo'lishi uchun kirlaringizni tayyorlash uchun
ushbu tugmani bosing.
Легкое глаженье (Oson dazmollash) faqat quyidagilarda ishlaydi: Хлопок (Paxta), Синтетика (Sintetika), Джинсы (Jinsi), Удаление
пятен (Dog‘ni ketkazish), Темные вещи (Qora kiyim), Ежедневная (Kundalik yuvish), Интенсивная стирка Eco (Super eko yuvish),
Детские вещи (Go‘dak kiyimlari) va Постельное белье (Yotarjoy buyumlari) sikllari.
Легкое глаженье (Oson dazmollash) funksiyasi tanlanganda 800 ayl./daq. bo'lgan siqish tezligini o'rnatish mumkin. (Agar siqish tezligi
800 ayl./daq. dan katta qiymatga o'rnatilgan holda Легкое глаженье (Oson dazmollash) funksiyasi tanlansa, siqish tezligi avtomatik
ravishda 800 ayl./daq. ga o'zgartiriladi.)

8. Отсрочка (Kir yuvishni kechiktirish) tugmasi

Mavjud Отсрочка (Kir yuvishni kechiktirish) opsiyalari bo'ylab o'tish uchun ushbu tugmani qayta-qayta bosing (bir soatdan oshirilgan
holda 3 soatdan 19 soatgacha).
Displeydagi vaqt kir yuvishni tugallash vaqtini ko‘rsatadi.

9. 15’ Быстрая стирка (15' tezkor yuvish) tugmasi

Yengil kirlangan kiyimlar va tez yuvish talab qilinadigan 2 kg.dan kam bo‘lgan buyumlar uchun. Kamida 15 daqiqa davom etadi, biroq
suv bosimi, suvning qattiqligi, suv quyish harorati, xona harorati, yuviladigan kirlarning turi/miqdori, kirlanish darajasi, foydalaniladigan
kir yuvish vositasi, muvozanatlashmagan yuklanish, elektr ta’minotidagi sakrashlar va tanlangan qo‘shimcha opsiyalarga bog‘liq holda
ko‘rsatilgan qiymatlardan farq qilishi mumkin.
Ushbu funksiyadan faqat Хлопок (Paxta) rejimida foydalanish mumkin.

DIQQAT: 20 grammdan kamroq kir yuvish vositasidan foydalanish kerak (2 kg yuklanish uchun) yoki kiyimlarda kir yuvish
vositasi qolishi mumkin.

Sikl vaqtini tanlash uchun ushbu tugmani qayta-qayta bosing:
15 daq. > 20 daq. > 30 daq. > 40 daq. > 50 daq. > 1 soat > O‘chirish

10. Boshlash/To‘xtatish tugmasi

Siklni to‘xtatib turish va qaytadan boshlash uchun shu tugmani bosing.

11. Quvvat tugmasi

Kir yuvish mashinasini yoqish uchun shu tugmani bosing. Kir yuvish mashinasini o‘chirish uchun yana shu tugmani bosing.
Agar mashina 10 daqiqa davomida birorta ham tugma bosilmagan holda qoldirilsa, kir yuvish mashinasi avtomatik ravishda o‘chadi.

F500E-03367T-00_UZ.indd 24

6/23/2016 2:12:27 PM

Advertising
Эта инструкция подходит к следующим моделям: