Инструкция по эксплуатации Samsung WF80F5E2W4W-LP

Страница 135

Advertising
background image

O’zbek - 7

01

X

AVFSIZLIK BO'

YICHA M

A'L

UMO

TL

AR

Elektr manbaiga ulash shnurini qattiq tortmang yoki ortiq darajada bukmang.
Elektr manbaiga ulash shnurini o'ramang yoki bog'lamang.
Elektr manbaiga ulash shnurini metall buyumlarga osmang, elektr manbaiga ulash shnuri ustiga og'ir buyumlarni qo'ymang, elektr
manbaiga ulash shnurini buyumlar orasiga joylashtirmang yoki elektr manbaiga ulash shnurini mashinaning orqa devorida joylashgan
maydonga kiritmang.

Bu elektr toki urishi yoki yong'inga olib kelishi mumkin.

Viklani rozetkadan sug'urishda elektr manbaiga ulash shnuridan tortmang.

Elektr manbaiga ulash vilkasini vilkadan ushlagan holda rozetkadan sug'urib oling.

Ushbu talabga amal qilmaslik elektr toki urishi yoki yong'inga olib kelishi mumkin.

DIQQAT: O'rnatishga oid OGOHLANTIRUVCHI MA'LUMOTLAR

Ushbu mashina elektr manbaiga ulash vilkasidan osongina foydalanish mumkin bo'lgan tarzda joylashtirilishi kerak.

Ushbu talabga amal qilmaslik elektr tokining chiqib ketishi tufayli elektr toki urishi yoki yong'inga olib kelishi mumkin.

Ushbu mashinani uning og'irligini ko'tara oladigan qattiq, tekis polga o'rnating.

Ushbu talabga amal qilmaslik anomal tebranishlar, mashinaning polda siljib ketishi, shovqin chiqishi yoki mahsulot nosozliklariga olib
kelishi mumkin.

OGOHLANTIRISH: Foydalanishga oid muhim OGOHLANTIRISHLAR

Agar mashina suv bilan to'lib qolsa, darhol suv va elektr ta'minotini o'chiring va o'zingizga eng yaqin joylashgan xizmat ko'rsatish markaziga
murojaat qiling.

Elektr manbaiga ulash vilkasiga nam qo'llaringiz bilan tegmang.

Ushbu talabga amal qilmaslik elektr toki urishiga olib kelishi mumkin.

Agar ushbu mashina g'alati shovqinli tovushlar, kuygan hid yoki tutun chiqarsa, darhol elektr manbaiga ulash vilkasini uzing va o'zingizga
eng yaqin joylashgan xizmat ko'rsatish markaziga murojaat qiling.

Ushbu talabga amal qilmaslik elektr toki urishi yoki yong'inga olib kelishi mumkin.

Gaz (masalan, propan, siqilgan gaz va hokazo) oqib chiqqan hollarda elektr manbaiga ulash vilkasiga tegmasdan xonani darhol shamollating.
Ushbu mashina yoki elektr manbaiga ulash shnuriga tegmang.

Ventilyatordan foydalanmang.

Uchqun chiqishi portlash yoki yong'inga olib kelishi mumkin.

Bolalarga kir yuvish mashinangizni yoki uning ichida o'ynashlariga yo'l qo'ymang. Bundan tashqari, mashinani chiqitga chiqarishda kir yuvish
mashinasi eshigining dastasini olib tashlang.

Mashina ichiga kirgach bola tiqilib qolishi va bo'g'ilishi mumkin.

Kir yuvish mashinasidan foydalanishni boshlashdan avval uning asosiga biriktirilgan qadoqlarni (gubka, penoplast) olib tashlanganligiga
ishonch hosil qiling.
Mashinaning kirlangan qismlarini gazolin, benzin, kerosin, bo'yoqlarning erituvchilari, spirt yoki boshqa yonuvchi yoki portlovchi moddalar
bilan yuvmang.

Bu elektr toki urishi, yong'in yoki portlashga olib kelishi mumkin.

Kir yuvish mashinasi ishlayotganda (yuqori haroratli suv bilan kir yuvish/quritish/siqish rejimlarida) uning eshigini kuch bilan ochmang.

Kir yuvish mashinasidan oqib chiqayotgan suv kuyishga sabab bo'lishi yoki polni sirpanchiq qilishi mumkin. Bu jarohat olishga sabab
bo'lishi mumkin.

Eshikni kuch bilan ochish mashinaning ishdan chiqishiga yoki jarohat olishiga sabab bo'lishi mumkin.

Mashina ishlayotgan vaqtda uning ostiga qo'llaringizni tiqmang.

Bu jarohat olishga sabab bo'lishi mumkin.

Elektr manbaiga ulash vilkasiga nam qo'llaringiz bilan tegmang.

Bu elektr toki urishiga sabab bo'lishi mumkin.

Untitled-4 7

2014-05-26 3:24:00

Advertising
Эта инструкция подходит к следующим моделям: