Qadam - kalibrlash rejimini ishlatish – Инструкция по эксплуатации Samsung WF80F5E2W4W-LP
Страница 147
O’zbek - 19
02
O'RNA
TISH
5-QADAM - Kir yuvish mashinasini elektr tarmog'iga ulash
Elektr manbaiga ulash kabelini devordagi predoxranitel yoki avtomatik vklyuchatel bilan himoyalangan 220-240 V, 50 Gzli ruxsat berilgan
rozetkaga ulang. (Elektr ta'minoti va yerga ulashga bo'lgan talablar to'g'risida qo'shimcha ma'lumotlar olish uchun 13-betdagi "Elektr
ta'minoti va yerga ulash" bo'limga qarang.)
Sinovdan o'tkazish
O'rnatish tugallangandan keyin Полоскание+Отжим (Chayish+Siqish) rejimlarini ishlatib ko'rish orqali kir yuvish mashinasining
to'g'ri o'rnatilganligiga ishonch hosil qiling.
6-QADAM - Kalibrlash rejimini ishlatish
Ushbu Samsung kir yuvish mashinasi yuviladigan kirlar og'irligini avtomatik ravishda aniqlaydi. Og'irlikni aniqroq aniqlash uchun kir yuvish
mashinasi o'rnatib bo'lingandan keyin darhol Kalibrlash rejimi-ni ishlatish tavsiya qilinadi. Kalibrlash rejimi-ni ishlatish uchun quyidagi
qadamlarga amal qiling.
Kalibrlash rejimi-ni ishlatishdan avval bakning ichida yoki kir yuvish mashinasining ustida hech nima yo'qligiga ishonch hosil qiling.
1. Kir yuvish mashinasini o'chiring.
2. Темп. (Haror.) va Отсрочка (Kir yuvishni kechiktirish) tugmalarini bir vaqtda bosib turgan holda Quvvat tugmasini bosing. Kir
yuvish mashinasi yonadi va displeyda "CLB" namoyish qilinadi.
3. Kalibrlash rejimi-ni ishga tushirish uchun Boshlash/To'xtatish tugmasini bosing.
4. Baraban 3 daqiqacha soat mili yo'nalishida va soat miliga qarama-qarshi yo'nalishda aylanadi.
5. Kalibrlash rejimi tugallangandan keyin displeyda "End" namoyish qilinadi va kir yuvish mashinasi avtomatik ravishda o'chadi.
6. Kir yuvish mashinasi foydalanish uchun tayyor.
Untitled-4 19
2014-05-26 3:24:03