Suv shiqarish shlangini ulash – Инструкция по эксплуатации Samsung WF80F5E2W4W-LP
Страница 146
O’zbek - 18
Issiq suv quyish shlangini ulash (tanlangan modellar uchun)
1. Issiq suv quyish shlangining L shaklidagi nasadkasini mashinaning orqa tarafidagi issiq
suq quyish tirqishiga biriktiring. Keyin qo'llaringiz bilan
(A) qismni
soat mili yo'nalishida
aylantirish orqali uni qotiring.
2. Issiq suv quyish shlangining boshqa uchini rakovinaning issiq suv kraniga sovuq suv
quyish shlangini ulaganingiz kabi ulang.
Faqat sovuq suvdan foydalanish uchun Y shaklidagi nasadkadan foydalaning.
A
Akva shlangini ulash (tanlangan modellar uchun)
Akva shlangi suvning oqib ketishidan to'liq himoyalanganlikni kafolatlash uchun yaratilgan.
Akva to'xtatgichi akva shlangiga biriktiriladi va shlang shikastlangan hollarda suv oqimini
avtomatik ravishda to'xtatadi.
U yana akva to'xtatgichida ogohlantiruvchi
(A) indikatorini
ham namoyish qiladi.
Akva to'xtatgichni kranga yig'ish orqali akva shlangini rasmda ko'rsatilganidek ulang.
A
Suv shiqarish shlangini ulash
Suv chiqarish shlangi uchini uch xil usulda joylashtirish mumkin:
Rakovina yon devori orqali
Suv chiqarish shlangi 60-90 sm balandlikda joylashtirilishi kerak. Suv chiqarish shlangining
uchi bukilgan holda bo'lishi uchun kir yuvish mashinasi bilan birga berilgan
(A) plastik
shlang ushlagichdan
foydalaning. Suv chiqarish shlangining siljib ketishini oldini olish
uchun ushlagichni ilmoq yordamida devorga yoki arqon yordamida vodoprovod kraniga
mahkamlang.
(*): 60 ~ 90 sm
A
Rakovina suv chiqarish trubasining tarmoqlanish joyiga
Shlangning uchi pol yuzasidan kamida 60 sm balandlikda bo'lishi uchun suv chiqarish trubasining tarmoqlanish joyi rakovina suv chiqarish
sifonidan yuqorida joylashgan bo'lishi kerak.
Suv chiqarish trubasiga
Balandligi 65 sm bo'lgan vertikal trubadan foydalanish tavsiya qilinadi. U 60 smdan kalta
va 90 smdan uzun bo'lmasligi kerak. Suv chiqarish shlangining uchi bukilgan holda
bo'lishi uchun kir yuvish mashinasi bilan birga berilgan
(A) plastik shlang ushlagichdan
foydalaning. Suv chiqarish shlangining siljib ketishini oldini olish uchun shlangni tasmalar
bilan suv chiqarish trubasiga mahkamlang.
Suv chiqarish trubasiga bo'lgan talablar:
•
Eng kam diametri 5 sm.
•
Eng kam suv o'tkazish sig'imi daqiqasiga 60 litr.
(*): 60 ~ 90 sm
Untitled-4 18
2014-05-26 3:24:03