Kir yuvish, Sikl tanlovchisidan foydalanib kir yuvish, Kir yuvish 28 – Инструкция по эксплуатации Samsung WF80F5E2W4W-LP

Страница 156

Advertising
background image

O’zbek - 28

Kir yuvish

Sikl tanlovchisidan foydalanib kir yuvish

Ushbu kir yuvish mashinasi Samsung kompaniyasining "Noravshan boshqaruv" avtomatik boshqaruv tizimidan foydalangan holda kir
yuvishni osonlashtiradi. Siz yuvish siklini tanlaganingizda kir yuvish mashinasi to'g'ri harorat, yuvish vaqti va yuvish tezliklarni o'rnatadi.

1. Kir yuvish mashinasiga suv quyish kranini oching.
2. Eshikni oching.
3. Barabanga ortiq darajada ko'p kir solmang.
4. Eshikni yoping.
5. Kir yuvish mashinasini yoqish uchun Quvvat tugmasini bosing.
6. Kir yuvish vositalari uchun surma qutidagi tegishli bo'lmalarga kir yuvish vositasi va zarur bo'lsa, yumshatgich yoki dastlabki yuvish

uchun kir yuvish vositasini soling.

Dastlabki yuvish funksiyasidan faqat Хлопок (Paxta), Синтетика (Sintetika), Детские вещи (Bolalar buyumlarini yuvish),
Ежедневная (Kundalik yuvish), Удаление пятен (Dog'ni ketkazish) va Интенсивная стирка Eco (Super Eco Yuvish) rejimlari
tanlangandagina foydalanish mumkin. Faqat kiyimlaringiz juda kirlangan bo'lsagina undan foydalanish kerak bo'ladi.

7. Material turiga ko'ra mos siklni tanlash uchun Sikl tanlovchisi-dan foydalaning: Хлопок (Paxta), Синтетика (Sintetika), 15' Быстрая

стирка (15 daqiqalik tezkor yuvish), Детские вещи (Bolalar buyumlarini yuvish), Ежедневная (Kundalik yuvish), Удаление пятен
(Dog'ni ketkazish), Интенсивная стирка Eco (Super Eco Yuvish), Верхняя одежда (Ochiq qarov), Шерсть (Jundan qilingan buyumlar)
va Ручная стирка (Qo'lda yuvish). Boshqaruv panelida tegishli indikatorlar yonadi.

8. Bu vaqtda siz tegishli tugmalarni bosgan holda yuvish harorati, chayishlar soni, siqish tezligi va kechiktirish vaqtini boshqarishingiz

mumkin.

9. Yuvishni boshlash uchun Boshlash/To'xtatish tugmasini bosing. Yuvishning borishini ko'rsatuvchi indikator yonadi va siklning

tugashigacha qolgan vaqt displeyda namoyish qilinadi.

Хлопок (Paxta) rejimida yuviladigan kirlarning miqdoriga bog'liq ravishda umumiy sikl vaqti va chayishlar soni o'zgarishi
mumkin.

10. To'liq sikl nihoyasiga yetgach, mashina avtomatik ravishda o'chadi. Eshikni oching va kirlarni oling.

Yuvishni to'xtatib turish

Kir yuvish boshlangandan keyingi 5 daqiqa ichida yuvilishi kerak bo'lgan kirlarni olish/qo'shish mumkin.

1. Eshik qulfini ochish uchun Boshlash/To'xtatish tugmasini bosing.

Agar baraban ichidagi suv darajasi yoki suv harorati juda baland bo'lsa, "Eshikni qulflash

" indikatori miltillagan holda eshik

ochilmay qoladi. Bu holda indikator miltillashdan to'xtagunicha kuting. (Indikator miltillashdan to'xtagunicha taxminan 1 yoki
2 daqiqa o'tadi.)

2. Eshikni oching va kirlarni qo'shing/oling.
3. Eshikni yopgandan keyin kir yuvishni qaytadan boshlash uchun Boshlash/To'xtatish tugmasini bosing.

Untitled-4 28

2014-05-26 3:24:06

Advertising
Эта инструкция подходит к следующим моделям: