Sikl tanlovchisidan foydalanish – Инструкция по эксплуатации Samsung WF80F5E2W4W-LP

Страница 153

Advertising
background image

O’zbek - 25

03

FO

YD

AL

ANISH

Sikl tanlovchisidan foydalanish

Rejim

Foydalanish

Хлопок (Paxta)

O'rtacha yoki yengil kirlangan paxtali buyumlar, choyshablar, dasturxonlar, ichki kiyimlar, ko'ylaklar
kabilar uchun.
Choyshablar yoki yostiq jildlari uchun tavsiya qilingan siqish tezligi 800 ayl./daq. (2 kg yoki undan
kamroq yuklanish uchun).

Синтетика (Sintetika)

Polister (diolen, trevira), poliamid (perlon, neylon) yoki shunga o'xshash boshqa aralashmalardan
qilingan o'rtacha yoki yengil kirlangan bluzkalar, ko'ylaklar va boshqalar uchun.

15' Быстрая стирка (15
daqiqalik tezkor yuvish)

Yengil kirlangan kiyimlar va tez yuvish talab qilinadigan 2,0 kgdan kam bo'lgan buyumlar uchun.
U kamida 15 daqiqa davom etadi, biroq suv bosimi, suvning qattiqligi, suv quyish harorati, xona
harorati, yuviladigan kirlarning turi va miqdori va kirlanish darajasi, foydalaniladigan kir yuvish vositasi,
muvozanatlashmagan yuklanish, elektr ta'minotidagi sakrashlar va tanlangan qo'shimcha opsiyalarga
bog'liq holda ko'rsatilgan qiymatlardan farq qilishi mumkin.

DIQQAT: 20 grammdan kamroq kir yuvish vositasidan foydalanish kerak (2,0 kg yuklanish
uchun) yoki kiyimlarda kir yuvish vositalari qolishi mumkin.

Детские вещи (Bolalar
buyumlarini yuvish)

Yuqori haroratdagi yuvish va qo'shimcha chayish sikllari bolalarning terisiga shikast yetkazishi mumkin
bo'lgan hech qanday qoldiqlarning qolmasligini kafolatlaydi.

Отсрочка (Kir yuvishni
kechiktirish)

Ichki kiyimlar va ko'ylaklar singari har kuni kiyiladigan buyumlar uchun.

Удаление пятен (Dog'ni
ketkazish)

Dog'li kiyimlar uchun. Удаление пятен (Dog'ni ketkazish) rejimi dog'larni dastlabki qayta ishlashga
ehtiyoj qoldirmagan holda dog'larni ketkazish bo'yicha yuqori samara bilan ta'minlaydi. Dog'larni
ketkazish bo'yicha eng yaxshi natijaga erishish uchun biz bu rejimda issiq harorat opsiyasidan
foydalanishni tavsiya qilamiz, bunda keng ko'lamdagi dog'larni butunlay ketkazish uchun yuvish
harorati ichki isitgich yordamida orttiriladi.
Ushbu sikl yuvilayotgan buyumlardan dog'larni samarali ketkazish uchun ho'llantirish harakatlarini o'z
ichiga oladi. Ho'llantirish harakatlarini bajarishda baraban ma'lum vaqt aylanishdan to'xtaydi va ushbu
to'xtash noto'g'ri ishlash hisoblanmaydi.

Интенсивная стирка Eco
(Super Eco Yuvish)

Past haroratli Интенсивная стирка Eco (Super Eco Yuvish) sikli quvvatlarni samarali tarzda tejashga
imkon bergan holda ajoyib kir yuvish natijalariga erishishni kafolatlaydi.

Верхняя одежда (Ochiq
qarov)

Alpinistlar, chang'ichilarning kiyimlari va sport kiyimlari kabi suv o'tkazmaydigan buyumlar uchun.
Ushbu matolar funksional texnologiya natijalari va spandeks, strech va mikrotolalar kabi to'lalarni o'z
ichiga oladi.

Шерсть (Jundan qilingan
buyumlar)

Faqat mashinada yuvish mumkin bo'lgan jundan qilingan buyumlar uchun. Yuklanish 2,0 kgdan kam
bo'lishi kerak. (6 kgli sinfdagi model: 1,5 kg)
Шерсть (Jundan qilingan buyumlar) rejimi kirlarni yengil tebratish harakatlari yordamida yuvadi. Yuvish
paytida jundan qilingan buyumlarni qisqarish/yirtilishdan himoyalash va super nozik tozalikka erishish
uchun yengil tebratish va ho'llantirish harakatlari davom ettiriladi. Ho'llantirish vaqtida kir yuvish
mashinasining yuvish harakatlarining to'xtatishi/boshlashi noto'g'ri ishlash hisoblanmaydi.
Yuvish natijalarini va jun tolalariga qarovni yaxshilash uchun Jundan qilingan buyumlar siklida mo'tadil
kir yuvish vositasidan foydalanish tavsiya qilinadi.

Ручная стирка (Qo'lda
yuvish)

Qo'lda yuvish singari juda yengil yuvish sikli.

Отжим (Siqish)

Ko'proq suvni chiqarib tashlash uchun qo'shimcha siqish siklini bajaradi.

Полоскание+Отжим
(Chayish+Siqish)

Faqat chayilishi kerak bo'lgan yuklanish yoki chayishda qo'shiladigan mato yumshatgichini qo'shish
uchun.

Untitled-4 25

2014-05-26 3:24:05

Advertising
Эта инструкция подходит к следующим моделям: