Dastlabki kir yuvish, Umumiy ko'rsatmalar, Dastlabki kir yuvish 22 umumiy ko'rsatmalar 22 – Инструкция по эксплуатации Samsung WF80F5E2W4W-LP

Страница 150

Advertising
background image

O’zbek - 22

Dastlabki kir yuvish

Dastlabki kir yuvishni bajarishdan avval yuviladigan kirlarsiz yuvishning to'liq davrini ishga tushirish kerak.

1. Kir yuvish mashinasiga suv quyish kranini oching.
2. Kir yuvish vositalari uchun surma qutidagi

asosiy yuvish bo'lmasiga

oz miqdordagi kir yuvish vositasini qo'shing.

3. Kir yuvish mashinasini yoqish uchun Quvvat tugmasini bosing.
4. Полоскание+Отжим (Chayish+Siqish) rejimini tanlash uchun Sikl tanlovchisi-ni aylantiring.
5. Boshlash/To'xtatish tugmasini bosing.

Bu ishlab chiqaruvchining sinov ishlatishidan keyin barabanda qolishi mumkin bo'lgan suvni chiqarib tashlaydi.

Umumiy ko'rsatmalar

1. Kir yuvish mashinasiga suv quyish kranini oching.
2. Barabanga ortiq darajada ko'p kir solmang.

DIQQAT: Kir yuvish mashinasini ortiq darajada yuklantirmang. Yuviladigan kirlarning har bir turi uchun yuklanish hajmini
aniqlash uchun 30-betdagi "Yuklanish hajmini aniqlash" bo'limiga qarang.

Верхняя одежда (Ochiq qarov) siklidan tashqari suvga chidamli buyumlarni oddiy siklda yuvmang.

3. U tiqillagan tovush chiqargunicha mashina eshigini yoping.

DIQQAT: Yuvish siklidan keyin kir yuvish mashinasining old qismidagi rezina prokladkasida yoki eshik prokladkasida kir yuvish
vositasi qolishi mumkin. Eshikni yopishdan avval barcha kir yuvish vositasi qoldiqlarini olib tashlang, chunki bu suvning oqib
chiqishiga sabab bo'lishi mumkin.
DIQQAT: Kirlarning eshikka tiqilib qolmaganligiga ishonch hosil qiling, chunki bu suvning oqib chiqishiga sabab bo'lishi
mumkin.

4. Kir yuvish mashinasini yoqish uchun Quvvat tugmasini bosing.

So'nggi xotira funksiyasi

Kir yuvish mashinasi yoqilganda boshqaruv panelida oxirgi foydalanilgan sikl aks ettiriladi. Biroq oxirgi foydalanilgan sikl
Полоскание+Отжим (Chayish+Siqish) yoki Отжим (Siqish) bo'lsa, ushbu funksiya qo'llanilmaydi.

Siz Sikl tanlovchisi-ni hattoki kir yuvish mashinasi yoqilgandan ozgina vaqt keyin aylantirsangiz ham ushbu funksiya
qo'llanilmaydi va boshqaruv paneli qaytadan o'rnatiladi.

5. Kir yuvish vositalari uchun surma qutidagi tegishli bo'lmalarga kir yuvish vositasi va zarur bo'lsa, yumshatgich yoki dastlabki yuvish

uchun kir yuvish vositasini soling.

6. Yuklash uchun tegishli sikl va parametrlarni tanlang. Tegishli indikatorlar yonadi va hisoblangan sikl vaqti displeyda namoyish qilinadi.
7. Boshlash/To'xtatish tugmasini bosing.

DIQQAT: Kir yuvish mashinasi ishlayotgan vaqtda eshik oynasiga tegmang, chunki u issiq bo'lishi mumkin.

DIQQAT: Kir yuvish mashinasi ishlayotgan vaqtda kir yuvish vositalari uchun surma quti yoki chiqindi filtrini ochmang, chunki sizga
issiq suv yoki bug' sachrashi mumkin.

Untitled-4 22

2014-05-26 3:24:05

Advertising
Эта инструкция подходит к следующим моделям: