Kir yuvish mashinasini o'rnatish, Kir yuvish mashinasini o'rnatish 15, Qadam - tashish boltlarini bo'shatib olish – Инструкция по эксплуатации Samsung WF80F5E2W4W-LP
Страница 143
O’zbek - 15
02
O'RNA
TISH
Kir yuvish mashinasini o'rnatish
DIQQAT: O'rnatish tugamasdan turib elektr manbaiga ulash shnurini devordagi rozetkaga ulamang.
OGOHLANTIRISH: Qadoqlash materiallari bolalar uchun xavfli bo'lishi mumkin; barcha qadoqlash materiallarini (plastik paketlar,
penoplast va hokazo) bolalarning qo'llari yetmaydigan joylarda saqlang.
1-QADAM - Kir yuvish mashinasini o'rnatish joyini tanlash
Kir yuvish mashinasini o'rnatishdan avval o'rnatiladigan joyning quyidagi talablarga javob berishiga ishonch hosil qiling:
•
Gilam qoplama yoki havo almashishiga to'sqinlik qilishi mumkin qoplamaga ega bo'lmagan qattiq, tekis sirtning mavjudligi
•
To'g'ridan-to'g'ri tushadigan quyosh nurlaridan himoyalanganligi
•
Yetarli darajadagi havo almashishiga egaligi
•
Xonadagi haroratning 0 ˚C dan past bo'lmasligi
•
Moyli yoki gaz isitgichlar kabi issiqlik manbalaridan uzoqda joylashganligi
•
Elektr manbaiga ulash kabeli kir yuvish mashinasining tagidan o'tmasligi uchun yetarli darajadagi joyning mavjudligi
2-QADAM - Tashish boltlarini bo'shatib olish
Kir yuvish mashinasini o'rnatishdan avval kir yuvish mashinasining orqa devoridagi beshta tashish boltlarni bo'shatib olish kerak.
1. Gayka klyuchi yordamida barcha boltlarni bo'shating.
(*): Ixtiyoriy
2. Tashish boltini qo'llaringiz bilan ushlang va tirqishning keng qismi orqali chiqarib oling.
Bu harakatlarni har bir tashish bolti uchun takrorlang.
3. Tirqishlarni birga beriladigan plastmassa qopqoqlar bilan berkiting.
4. Barcha tashish boltlarini xavfsiz joyga qo'ying, chunki ular kir yuvish mashinasini
kelajakda tashishda kerak bo'lishi mumkin.
Untitled-4 15
2014-05-26 3:24:02