Suvni chiqarish, Pol qoplamasi, Atrof-muhit harorati – Инструкция по эксплуатации Samsung WF80F5E2W4W-LP
Страница 142: Tokcha yoki shkafga o'rnatish
O’zbek - 14
Suvni chiqarish
Samsung kompaniyasi balandligi 65 sm bo'lgan vertikal trubadan foydalanishni tavsiya qiladi. Suv chiqarish shlangi mashinaning orqa
devorida joylashgan suv chiqarish shlangi qisqichi orqali suv chiqarish trubasiga tomon o'tkazilishi kerak. Suv chiqarish trubasi suv quyish
shlangining tashqi diametriga mos kelishi uchun yetarli darajadagi katta diametrga ega bo'lishi kerak. Suv quyish shlangi zavodda biriktiriladi.
Pol qoplamasi
Kir yuvish mashinasi eng yaxshi darajada ishlashi uchun u tekis va qattiq sirtga o'rnatilgan bo'lishi kerak. Tebranishlarni va/yoki
muvozanatlashmagan yuklanishlarni kamaytirish uchun yog'och pollarni mustahkamlash talab qilinishi mumkin. Gilam qoplamalar va kafelli
pollar tebranishlarning vujudga kelishiga ko'maklashadi, bunda siqish rejimida kir yuvish mashinasining ozgina siljishga moyilligi kuzatiladi.
OGOHLANTIRISH: Kir yuvish mashinasini hech qachon platformaga yoki noturg'un sirtlarga o'rnatmang.
Atrof-muhit harorati
Kir yuvish mashinasini suv muzlashi mumkin bo'lgan joylarga o'rnatmang, chunki suv klapani, nasos va shlanglarda doimo oz miqdordagi
suv qoladi. Trubalardagi muzlagan suv tasmalar, nasos va boshqa qismlarning shikastlanishiga olib kelishi mumkin.
Tokcha yoki shkafga o'rnatish
Kir yuvish mashinasi xavfsiz tarzda va to'g'ri ishlashi uchun uni o'rnatishda quyidagi eng kam darajadagi zazorlar qoldirishga amal qilish kerak:
Yon tomonlar bo'yicha
25 mm
Yuqoridan
25 mm
Orqadan *
50 mm
Old tomondan
500 mm
Agar kir yuvish mashinasi va quritgich birgalikda o'rnatilgan bo'lsa, tokcha yoki shkafning old tomonida havo almashishi uchun uzunligi
kamida 500 mm bo'lgan bo'sh joy qoldirilishi kerak. Kir yuvish mashinasi alohida o'rnatilgan hollarda havo almashishi talab qilinmaydi.
Untitled-4 14
2014-05-26 3:24:01